Yangiliklar

.

Kelajak markazlarida yangi zamonaviy to‘garaklar faoliyati boshlandi!

23-fevral 2026-yil
image

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi Kelajak markazida yoshlar uchun yana bir zamonaviy yo‘nalish — “Ijtimoiy tarmoqlar marketingi” to‘garagi tashkil etildi.

 Mazkur to‘garak zamon talablariga mos ravishda yoshlarning raqamli sohadagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:

 ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish
 kontent-reja tuzish va samarali post tayyorlash
 reklama va target asoslari
 auditoriya bilan ishlash usullari
 SMM orqali daromad olish imkoniyatlari

kabi muhim bilimlarga ega bo‘ladilar.

 Darslar interaktiv usulda, amaliy topshiriqlar asosida olib borilib, yoshlarning mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini shakllantirishga xizmat qiladi.

 Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida bunday yo‘nalishlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. “Kelajak” markazida tashkil etilayotgan zamonaviy to‘garaklar esa ularning kasbiy yo‘nalishini belgilash va kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb