Yangiliklar
ILMIY YONDASHUV — SIFATLI TA’LIM GAROVI!
19-fevral 2026-yil
#Seminar_trening
2026-yil 18-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining “O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar” sho‘basi metodistlari hamda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida umumta’lim maktablarining fizika va kimyo fani o‘qituvchilari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Ilmiy shoular
Fizika va kimyo masalalari asosida ilmiy kvestlar
Interaktiv o‘yinlar
Ilmiy laboratoriyalarda ko‘rgazmali ochiq darslar o‘tkazildi.
Seminar-treningda viloyatning 30 nafar tajribali fizika fani o‘qituvchilari ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlar bo‘yicha tajriba almashdilar.
Mazkur tadbir o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etishga xizmat qildi.