Yangiliklar

.

Xorazmda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

18-fevral 2026-yil
image

#Vazir_kubogi
#Live

 

Xorazm viloyatida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazildi.

 Bellashuvlar Urganch shahridagi Yoshlik sport majmuasida tashkil etilib, hududiy saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchi-qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
 1-o‘rin — Hazorasp tumani 39-maktab jamoasi
 2-o‘rin — Bog‘ot tumani 15-maktab jamoasi
 3-o‘rin — Urganch shahar 22-maktab jamoasi egalladi

 Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi-qizlar o‘rtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchi qizlarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb