Yangiliklar

.

Maktabgacha ta’lim sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

3-fevral 2026-yil
image

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan:
— 13 159 nafar tarbiyalanuvchiga ega 113 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi
— 38 945 nafar tarbiyalanuvchiga ega 1 606 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tadbirkorlari ishtirok etdi.

 

Xorazm viloyati Prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Xorazm viloyati bo‘limi hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida bugun 2026-yil 3-fevral kuni ZOOM platformasi orqali ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan:
 13 159 nafar tarbiyalanuvchiga ega 113 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi
 38 945 nafar tarbiyalanuvchiga ega 1 606 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tadbirkorlari ishtirok etdi.

 Ochiq muloqot davomida nodavlat ta’lim sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori talablari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

 Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dunyoviy ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va sohada mavjud muammolar tinglandi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb