Yangiliklar

.

Yangi maktab foydalanishga topshirildi

2-fevral 2026-yil
image

Yangi maktab foydalanishga topshirildi

 

Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi Pahlvon Mahmud mahallasining Tog‘ayobod hududida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi maktabning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim tizimi xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Yangi maktab o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, sifatli ta’limni ta’minlash hamda yosh avlodning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 Ochilish marosimida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktab infratuzilmasini yaxshilash va o‘qituvchilar mehnatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

Mazkur maktab qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-sonli qaroriga asosan Islom Taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb