Yangiliklar
“Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash”
30-yanvar 2026-yil
“Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash”
Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida Respublika insholar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov yosh avlod o‘rtasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur anglash, milliy o‘zlik, ma’naviy qadriyatlar va adabiy tafakkurni yuksaltirishga qaratilgan.
Viloyatning turli hududlaridan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar tanlovda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Bunday tanlovlar yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy tarbiyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.