Yangiliklar
Urganch shahridagi 31-maktabning 11-sinf o‘quvchisi bilimga chanqoqligi, tinimsiz izlanishi va qat’iyati bilan katta yutuqqa erishdi
29-yanvar 2026-yil
Quvonchli va faxrli yangilik!
U AQShning Pensilvaniya shtati, Elizabethtown shahrida joylashgan nufuzli xususiy oliy ta’lim muassasasi — Elizabethtown College ga muddatidan oldin qabul qilinib, talabalik maqomini qo‘lga kiritdi.
Mazkur kollej AQShning Shimoliy-Sharqiy hududidagi mintaqaviy universitetlar orasida Top-50 talikdan o‘rin olgan bo‘lib, bu yerda tahsil olish har bir yosh uchun katta imkoniyat va yuksak mas’uliyatni anglatadi.
Ushbu yutuq uzluksiz mehnat, sabr-toqat va yuksak marralar sari qo‘yilgan qat’iy qadamlarning yorqin samarasidir. Yoshlarimizga yangi ta’lim bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda va porloq kelajak tilaymiz.
Tabriklaymiz va faxrlanamiz!