Yangiliklar
ELO 2026: Xorazmda Xalqaro ingliz tili olimpiadasining tuman va shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
28-yanvar 2026-yil
#Xalqaro_ingliz_tili_olimpiadasi
#ELO_2026
Joriy yilning 26–27-yanvar kunlari Xorazm viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning tuman va shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu bosqichda 11–17 yosh oralig‘idagi “yosh seniorlar” o‘rtasida test jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholandi.
Olimpiada jarayoni yosh avlodning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilimini mustahkamlash hamda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashga xizmat qiladi.