Yangiliklar
Kelajak soliq to‘lovchilari bugundan shakllanmoqda
27-yanvar 2026-yil
#soliq_bilimlari
Xorazmda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichiga start berildi.
O‘quvchilar soliq tushunchasini shunchaki raqamlar emas, balki ranglar va mo‘yqalam yordamida tasvirlashmoqda.
Nima uchun bu muhim? Soliq nimaligini yoshligidan anglagan bola:
Davlat budjeti qanday shakllanishini tushunadi;
Maktablar, shifoxonalar va yo‘llar nima hisobiga qurilishini biladi;
Mas’uliyatli va vatanparvar fuqaro bo‘lib ulg‘ayadi.
“Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” tanlovida bolajonlar o‘z rasmlari orqali soliqlarni — yurt obodligi va taraqqiyot asosi sifatida talqin qilishmoqda.
Tanlov viloyatimizning barcha maktablarida davom etmoqda. Yoshlarimizning ijodiy parvoziga omad tilaymiz!