Yangiliklar

.

Maktablardan xabarlar: Kasbga o‘qitish jarayonlaridan lavhalar

21-yanvar 2026-yil
image

Suratlarda Yangibozor tumanidagi 12-son, 21-son va 33 - son maktab o‘quvchilari

 

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni erta yoshdan kasbga yo‘naltirish, ularda mehnat ko‘nikmalari va amaliy bilimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Maktablarda joriy etilgan kasbga o‘qitish tizimi o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, kelajak kasbini ongli tanlashiga xizmat qilmoqda.

Kasbga o‘qitish mashg‘ulotlari doirasida o‘quvchilar turli sohalar — hunarmandchilik,  axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlar zamonaviy uskunalar, ko‘rgazmali vositalar hamda tajribali o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilmoqda.

(Suratlarda Yangibozor tumanidagi 12-son, 21-son va 33 - son maktab o‘quvchilari)

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb