Yangiliklar
XORAZMLIK 567 NAFAR INFORMATIKA FANI O’QITUVCHILARI XALQARO SERTIFIKATNI QO'LGA KIRITDI
24-yanvar 2023-yil567 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari maxsus platforma orqali GOOGLE FOR EDUCATION mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Ayni paytga qadar Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 567 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari maxsus platforma orqali GOOGLE FOR EDUCATION mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Bu esa jami informatika fani o'qituvchilarining 56% ini tashkil etadi.
Endilikda ular mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 134-sonli Farmoniga ko‘ra, 3 yil davomida har oylik maoshiga qo’shimcha ravishda 50 foiz ustama olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.