Yangiliklar
Yangibozor tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi
15-dekabr 2025-yil
Har biri 90 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy davlat talablari asosida jihozlanib, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Yangibozor tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, “Mingbog‘olon” mahallasida 9-son hamda “Hayvat” mahallasida 23-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangi, zamonaviy binolarda o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur tashkilotlarning ochilish marosimida faxriylar, mahalla faollari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari ishtirok etdi. Har biri 90 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy davlat talablari asosida jihozlanib, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.