Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

 “Kitobxon Qo‘shko‘pir” loyihasi doirasida Qo‘shko‘pir tumani 54-maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari Xorazm bo‘limlari hamkorligida mutolaa bayrami o‘tkazildi

12-dekabr 2025-yil
image

Oybek Tillo yoshlar bilan kitob tanlash, mutolaa madaniyati va ilm olishning ahamiyati haqida suhbatlashdi.

 “Kitobxon Qo‘shko‘pir” loyihasi doirasida Qo‘shko‘pir tumani 54-maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari Xorazm bo‘limlari hamkorligida mutolaa bayrami o‘tkazildi. 

Jurnalist Oybek Tillo tashkil qilgan kitob ko‘rgazmasi va savdo-yarmarkasida ota-onalar hamda bolalar badiiy adabiyotning ahamiyati haqida fikr almashdilar. 

Tadbirda Gavharjon Ibodullayeva, Dilbar Bekchanova, Bahodir Tillayev va Mehribon Tillayeva kitob o‘qishning tarbiyadagi o‘rni yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar. 

Tuman hokimining o‘rinbosari Hurmat Ibragimov hokim tabrigini o‘qib eshittirib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. 

Oybek Tillo yoshlar bilan kitob tanlash, mutolaa madaniyati va ilm olishning ahamiyati haqida suhbatlashdi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb