Yangiliklar
“Barkamol avlod”da yana bir yutuq!
11-dekabr 2025-yil
Yosh ixtirochimizni tabriklaymiz! Yangi g‘oyalar va katta yutuqlar yor bo‘lsin!
Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Robototexnika” to‘garagi a’zosi Fayzullayev Boymurod 10–11-dekabr kunlari IT haftaligi doirasida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Foydali ixtirolar” Respublika musobaqasida munosib ishtirok etdi.
Boymurod ustozi R. Yusupov bilan birgalikda yaratgan ijodiy loyihasi bilan tanlovda qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etildi.
Musobaqa yakunida u maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Yosh ixtirochimizni tabriklaymiz! Yangi g‘oyalar va katta yutuqlar yor bo‘lsin!