Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOG'OT TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI 

10-dekabr 2025-yil
image

Ushbu sayyor qabul aholining dardini tinglash, muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

 Bugun, 2025-yil 10-dekabr kuni Bog'ot tumanidagi 3-maktabda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda boshqarma boshlig'i o'rinbosari Ozod Ishchanov ishtirok qildi. 

 Sayyor qabul davomida fuqarolar, ota-onalar hamda soha xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan taklif va muammolari bilan murojaat qilishdi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

 Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, maktab va bog‘chalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, kadrlar masalasi kabi muhim mavzular kun tartibida bo‘ldi. Ko‘plab masalalarga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrim murojaatlar esa qisqa muddatlarda hal etilishi belgilandi. 

 Ushbu sayyor qabul aholining dardini tinglash, muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb