Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

4-dekabr 2025-yil
image

15 ta fan bo‘yicha 1-2-3-o‘rin egalariga diplom hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

 

Xabaringiz bor, 24-noyabrdan 4-dekabr kuniga qadar Urganch shahridagi 17-umumta'lim maktabida 1 800 nafardan ortiq  9-10-11-sinf o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugun eng kuchlilar bir manzilda jam bo‘ldi. Olimpiadaning taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok qilib, barcha g‘oliblarni tabrikladilar.

Shundan so‘ng 15 ta fan bo‘yicha 1-2-3-o‘rin egalariga diplom hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

1-o‘rin uchun - 2 million 472 ming so‘m
2-o‘rin uchun - 1 million 648 ming so‘m
3-o‘rin uchun -1 million 236 ming so‘m pul mukofoti ajratildi.

Ma'lumot uchun, jami g‘oliblar soni 133 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 45 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb