Yangiliklar
XORAZM DELEGATSIYASI “ALABUGA” TAJRIBASINI O‘RGANMOQDA
26-noyabr 2025-yil
Xususan, delegatsiya tarkibiga tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining AKT mas’ul xodimlari ham kirgan bo‘lib, ular “Alabuga politex” texnikumi faoliyati bilan tanishib, malaka oshirmoqdalar.
Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi “Alabuga maxsus iqtisodiy zonasi”da joylashgan “Alabuga politex” texnikumi faoliyatini o‘rganish maqsadida Xorazm viloyatidan Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xamro Bektemirov rahbarligidagi ishchi delegatsiya xizmat safarida ishtirok etmoqda.
Xususan, delegatsiya tarkibiga tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining AKT mas’ul xodimlari ham kirgan bo‘lib, ular “Alabuga politex” texnikumi faoliyati bilan tanishib, malaka oshirmoqdalar.
Ushbu safar delegatsiya a’zolari uchun malaka oshirish, zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan tanishish, hamkorlik aloqalarini hamda kasbiy ta'limni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Xorazm viloyati ta’lim tizimida raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.