Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

24-noyabr 2025-yil
image

Tuman va shahar bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli o‘quvchilar bugun o‘z bilimini viloyat miqyosida sinovdan o‘tkazmoqda.

 

Bugun Xorazm viloyatida Asosiy fan olimpiadaning viloyat bosqichi start oldi. Sinovlar Urganch shahar 17-maktab hamda Urganch tumanidagi 36-maktab binolarida o'tkazilmoqda.

 Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov ishtirok etib, jarayonlarning  ochiq va shaffof tarzda tashkil etilayotganini ta’kidladi.

Tuman va shahar bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli o‘quvchilar bugun o‘z bilimini viloyat miqyosida sinovdan o‘tkazmoqda.

 Bugungi kunda kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda. 

 Olimpiada jarayonlarini jonli tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
 https://www.facebook.com/share/v/1BzKXTU4bY/

 Ilm yo‘lida intilayotgan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb