Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
18-noyabr 2025-yil
#Bayram_shukuhi
Bugun Urganch shahridagi 22-umumta’lim maktabida davlatimiz ramzlari orasida alohida o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, viloyat prokurori katta yordamchisi Sherzod Ortiqov ishtirok etib, bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati hamda unda aks etgan milliy g‘oya va ramzlarning yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiluvchi fikr va mulohazalar ilgari surildi.