Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida tadbir o‘tkazildi
12-noyabr 2025-yil
Tadbirda markaz xodimlari va kurs tinglovchilari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda halollik tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-oktabrdagi 412-sonli buyrug‘iga asosan, bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda markaz xodimlari va kurs tinglovchilari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda halollik tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Ma’ruzachilar:
Alisher Xasanov — Xorazm viloyati MMTB bosh mutaxassisi;
Muzaffar Matnazarov — pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari;
Jumaniyoz Artikov — bo‘lim boshlig‘i;
Nazarov Sardorbek Bozorboyevich — korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassis.
Tadbirda halollik muhitini mustahkamlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.