Yangiliklar
Xorazmlik pedagoglar Malayziyada xalqaro malaka oshirmoqda
11-noyabr 2025-yil
“Innovatsion o‘qitish metodlari” dasturida Xorazm viloyatidan 13 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida Malayziyaning “UNIMAS Kuala Lumpur” universitetida o‘tkazilayotgan “Innovatsion o‘qitish metodlari” dasturida Xorazm viloyatidan 13 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda.
Dastur o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan.
Mashg‘ulotlarni malayziyalik doktor Rorlinda hamda o‘zbekistonlik tarjimon Zulfiya Rashidovna olib bormoqda.
Ushbu xalqaro hamkorlik dasturi xorazmlik o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.