Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

5-noyabr 2025-yil
image

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, issiqlik tizimlari holati, xavfsizlik choralari hamda elektr va gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i X. Bektеmirov, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, viloyat FVV boshqarmasi birinchi o‘rinbosari X. Razmetov, viloyat prokurori katta yordamchisi Sh. Ortiqov, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Xorazm hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Alimov hamda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i A. Shermuxamedov ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, issiqlik tizimlari holati, xavfsizlik choralari hamda elektr va gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb