Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda “Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman va shahar bosqichlari boshlandi

4-noyabr 2025-yil
image

Tanlovda ishtirokchi qizlar dasturlash, raqamli kontent yaratish, media dizayn, sun’iy intellekt va mobil ilovalar yo‘nalishlarida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

 

 Mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni puxta o‘zlashtirayotgan, yangi g‘oyalari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman bosqichi viloyatimizning barcha hududlarida start oldi.

 Tanlovda ishtirokchi qizlar dasturlash, raqamli kontent yaratish, media dizayn, sun’iy intellekt va mobil ilovalar yo‘nalishlarida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

 Loyihalarda raqamli yechimlar orqali ijtimoiy muammolarni hal etish, ta’lim jarayonini takomillashtirish va ayollar uchun qulay imkoniyatlar yaratish mavzulari yoritildi. Eng sara g‘oyalar viloyat bosqichiga tavsiya etiladi.

Fotolavhalarda tanlovning Urganch shahar bosqichi jarayonlari aks etgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb