Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Jajji nurli yulduzlar” festivali viloyat bosqichi o‘tkazildi

29-oktabr 2025-yil
image

#Maktabgacha_taʼlim

 

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” festivalining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

 Festivalning maqsadi — iste’dodli bolalarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat.

Viloyat bo‘yicha 13 ta tumandan 134 nafar 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilar quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etdilar:

“Sehrli harakat” (raqs)
“Ajdodlar merosi” (folklor)
“Jajji xonanda” (qo‘shiq)
“Mo‘jizaviy kuylar” (musiqa)

 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb