Yangiliklar
Tohir Saidov “Kelajak soati”da Bog‘olon maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi
27-oktabr 2025-yil
#Yangibozor_tumani
#Kelajak_soati
O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino aktyori Tohir Samandarovich Saidov o‘zi tahsil olgan Bog‘olon qishlog‘idagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan “Kelajak soati” doirasida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida dars mashg‘uloti olib bordi.
Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i G.Abdirimova ham o‘quvchilar bilan “Kelajak soati” mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Dars jarayonida milliytarbiya.uz platformasidagi ma’lumot va videolardan foydalanilib, o‘quvchilarga mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, xalqaro aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularda Vatan va jahon haqida yangi bilim va tasavvurlar shakllantirildi.