Yangiliklar
Kitobxonlik - ma'naviyat kaliti
23-oktabr 2025-yil
Viloyat Bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik – ma’naviyat kaliti” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat Bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik – ma’naviyat kaliti” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vohamizning yetakchi ilm-fan va adabiyot namoyandalari — iqtisod fanlari doktori Baxtiyor Ro‘zmetov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir va tarjimon Boltavoy Bekmetov, Urganch davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Ortiqova Durdiposhsho, shuningdek, “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi g‘olibi Maftuna Ochilova ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 5-sonli maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari kitob o‘qishning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Tadbir kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodda bilimga va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada rag‘batlantirishga qaratildi.