Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Mehriddin Masharipov Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga eng yuqori ball bilan kirib xalqaro olimpiadaga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi

22-oktabr 2025-yil
image

#Xalqaro_olimpiadaga_saralash
#2-tur

 

IJSO-2025: 22-Xalqaro oʻsmirlar tabiiy fanlar olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralash maqsadida Fan olimpiadalari markazi tomonidan joriy yilning 6-19-oktabr kunlari  kuchaytirilgan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarining 2-bosqichida Xorazm viloyatidan 4 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro olimpiadaga saralashning yakuniy bosqichi natijalariga koʻra Qoʻshkoʻpir tumanidagi Ixtisoslashgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Mehriddin Masharipov Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga eng yuqori ball bilan kirib xalqaro olimpiadaga qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Bu yutuq – nafaqat Masharipov Mehriddinning, balki uning ustozlari va butun viloyatimiz ta’lim tizimining faxridir. 

Masharipov Mehriddinga xalqaro bosqichda ulkan zafarlar, omad va yangi cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb