Yangiliklar
Xorazmda “Jasorat sinfi” o‘quvchilari o‘rtasida “Diktant” tanlovi o‘tkazildi
20-yanvar 2026-yil
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, davlat tili bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Xorazm viloyatidagi maktablardagi “Jasorat sinfi” o‘quvchilari o‘rtasida “Diktant” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning maktab bosqichi joriy yilning 16-oktabr kuni shahar va tumanlardagi 13 ta maktabda “Mardlik” mavzusida bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
17-oktabr kuni Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” harbiy akademik litseyi binosida “Jasorat sinfi” o‘quvchilari o‘rtasida “Ona Vatan” mavzusidagi diktant tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.