Yangiliklar
Xorazmda “Jasorat" sinflari o‘quvchilari o‘rtasida diktant tanlovi o‘tkazildi
16-oktabr 2025-yil
Ushbu tashabbus yosh avlodni ma’naviy barkamol, jasoratli va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilida Xorazm viloyatidagi 13 ta umumta’lim maktablari negizida “Jasorat" sinflari tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ularda 338 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Bugun, 16-oktabr kuni “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Jasorat” sinfi o‘quvchilari o‘rtasida diktant tanlovining tuman, shahar bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov o‘quvchilarda ona tiliga hurmat, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, tadbir davomida yoshlar o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu tashabbus yosh avlodni ma’naviy barkamol, jasoratli va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.