Yangiliklar
Urganch tumanida yana bir zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi
13-oktabr 2025-yil
Yangi bog‘cha – bolajonlar uchun mehr, ezgulik va kelajak sari yo‘l!
Xorazm viloyati Urganch tumani Miroblar mahallasida barcha qulayliklarga ega, shinam va zamonaviy 29-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Endilikda ushbu mahalladagi 3–7 yoshli 246 nafar boladan 120 nafari yangi tashkil etilgan bog‘chada zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur maskan Urganch tumani hokimligi tashabbusi bilan, tumandagi 48-son maktabning bo‘sh turgan binosida qayta ta’mirlanib, bolajonlar uchun quvonchli maskanga aylantirildi.
Yangi bog‘cha – bolajonlar uchun mehr, ezgulik va kelajak sari yo‘l!