Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Ustozimga ehtirom” chellenji yakunlandi!

8-oktabr 2025-yil
image

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Ustozimga ehtirom” chellenjida ishtirokchilar tomonidan ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmat va minnatdorlikni ifodalovchi ijodiy videoroliklar taqdim etildi.

 

 Chellenj yakunlariga ko‘ra, eng faol ishtirokchilar sifatida quyidagilar e’tirof etildi:

Xorazm viloyati Yangiariq tumani 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“A” sinf rahbari Avezova Shirinjon;

Yangiariq tumani 35-maktab o‘quvchilari;

Urganch shahri 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-“B” sinf rahbari Adambayeva Nargiza.

Bugun boshqarma tomonidan chellenjda faol ishtirok etgan ustoz va o‘quvchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Ularning ijodiy yondashuvi, ustozlarga bo‘lgan ehtirom va samimiyliklari alohida e’tirof etildi.

Barcha ishtirokchilarga tashabbuskorliklari va faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb