Yangiliklar
Xorazm viloyati Xonqa tumanida o‘quv seminarlar tashkil etildi
26-sentabr 2025-yil
“Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening ayniqsa, joriy yildan yangi baholash tizimiga o‘tgan maktablar uchun juda samarali bo‘ldi.
2025-yil 25–26-sentabr kunlari tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlari uchun 22-, 27- va 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv seminarlar o‘tkazildi.
Seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — 2025–2026-o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, rahbar kadrlarning tashabbuskorligi va mas’uliyatini kuchaytirish, pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, shuningdek, o‘quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklarni pedagoglarga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
“Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida o‘tkazilgan seminar-trening ayniqsa, joriy yildan yangi baholash tizimiga o‘tgan maktablar uchun juda samarali bo‘ldi.