Yangiliklar
Xorazmda “Jasorat maktabi” o‘quvchilarining tanatanali va’da berish marosimi bo’lib o’tdi
25-sentabr 2025-yil
Xorazm viloyatidagi 13 ta umumta’lim maktablari negizida “Jasorat maktablari” tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda ularda 338 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilida Xorazm viloyatidagi 13 ta umumta’lim maktablari negizida “Jasorat maktablari” tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda ularda 338 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Bugun Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” majmuasida Xorazm viloyatidagi “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O'quvchilar Vatanga sodiq bo‘lish, bilim va mahoratini yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etishga qasamyod qildilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.