Yangiliklar
Xorijiy o‘qituvchilar viloyat maktablarida faoliyat boshladi
23-sentabr 2025-yil
2025-2026 o‘quv yilida Xorazm viloyati ta’lim tashkilotlariga 26 nafar xorijiy o‘qituvchi jalb qilindi.
2025-2026 o‘quv yilida Xorazm viloyati ta’lim tashkilotlariga 26 nafar xorijiy o‘qituvchi jalb qilindi.
Shundan:
14 nafar ingliz tili o‘qituvchisi (Hindiston, Filippin, Afrika davlatlaridan),
2 nafar koreys tili o‘qituvchisi (Koreya ta’lim markazi orqali),
2 nafar nemis tili o‘qituvchisi (Gyote instituti orqali),
7 nafar rus tili va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi (“Zo‘r” loyihasi doirasida),
1 nafar metodist (Pedagogik mahorat markaziga).
Ular viloyatimizning Urganch, Xiva, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Yangiariq, Yangibozor, Shovot tumanlari hamda Pedagogik mahorat markazida o‘z faoliyatini olib boradi.
Xorijlik o‘qituvchilar yashash joylariga joylashtirildi va ular yil davomida o‘quvchilarga ta’lim berishadi.
Xorijiy mutaxassislarning jalb etilishi ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning xorijiy tillarni mukammal o‘rganishiga xizmat qiladi.