Yangiliklar
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Xorazm viloyatida huquqiy masalalar va huquqiy xizmatlar sifatini o‘rganmoqda
11-sentabr 2025-yil
#Adliya_xabari
U Urganch shahridagi 5-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Adliya huquq sinfi”da yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda viloyatda 21 ta “Adliya huquq sinflari” faoliyat yuritmoqda. Ularda amaliyotchi huquqshunoslar va adliya xodimlari muntazam ravishda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Vazir o‘rinbosari o‘quvchilarning yutuqlari va ta’lim berish metodikasini o‘rganib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, huquqshunoslik kasbining dolzarbligi haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati bilan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash va huquqshunoslik fanini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish masalalari muhokama qilindi.