Yangiliklar
Xorazmlik o‘quvchilar Germaniyada yozgi ta’lim kursida ishtirok etishdi
3-sentabr 2025-yil
Yoshlarimizga kelgusida yanada yuksak marralar tilaymiz
2025-yil 10–31-avgust kunlari “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida Urganch shahar 19-son maktab o‘quvchilari Kamola Masharibova va Olimbek Baxtiyorov, Xiva shahar 9-son maktab o‘quvchilari Ruzikajon Egamberganova va Rayxon Ravshanbekova nemis tili o‘qituvchisi hamrohligida Germaniyaning Bamberg shahrida uch haftalik yozgi yoshlar kurslarida qatnashib qaytdilar.
Kurs davomida:
Germaniyalik tajribali o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi;
Bo‘sh vaqtlarda sport (basketbol, futbol, workout) hamda ijodiy mashg‘ulotlarda ishtirok etildi;
Dam olish kunlari tarixiy muzeylar va tog‘li hududlarga sayohatlar uyushtirildi.
Yakuniy imtihonlarda o‘quvchilar xalqaro “Goethe Zertifikat”larini qo‘lga kiritishdi.
Ta’lim sayohati bilan bog‘liq barcha xarajatlar Gyote-Instituti tomonidan qoplab berildi.