Yangiliklar
Xorazmda yangi “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati boshlandi
29-avgust 2025-yil
#Live
Bugun Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yangi tashkil etilgan “Ilk rivojlanish markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maslahatchisi Azizbek Turdiyev hamda Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari San’atbek Salayev ishtirok etib, markaz faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bugun Yangibozordagi marosim bilan bir qatorda, Qo‘shko‘pir va Hazorasp tumanlaridagi markazlar ham parallel ravishda o‘z faoliyatini boshladi.