Yangiliklar
YANGIBOZOR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
27-avgust 2025-yil
Ushbu sayyor qabul aholining dardini tinglash, muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bugun, 2025-yil 27-avgust kuni Yangibozor tuman Axborot-kutubxona markazida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar, ota-onalar hamda ta’lim sohasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolari bilan murojaat qilishdi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, joyida hal etilishi yoki mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, maktab va bog‘chalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, kadrlar masalasi kabi muhim mavzular kun tartibida bo‘ldi. Ko‘plab masalalarga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrim murojaatlar esa qisqa muddatlarda hal etilishi belgilandi.
Ushbu sayyor qabul aholining dardini tinglash, muammolarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.