Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Ayni daqiqalarda UrDPIda viloyatdagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglar boshlandi

19-avgust 2025-yil
image

 #oʻquv_trening

Ochilish marosimida institut rektori Feruza Madraximova hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov, shuningdek, bir qator masʼullar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-avgustdagi “O‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 276-sonli buyrug‘i ijrosi 

Endilikda o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab respublika bo‘yicha 3 000 ta va shundan Xorazm viloyatida 350 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida joriy etiladi.  

Baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, bugungi Urganch davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan mazkur treninglarning maqsadi ham rahbar va pedagog xodimlarni yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb