Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda ustozlar malakasi oshirilmoqda: forumning amaliy bosqichi

13-avgust 2025-yil
image

#ustozlar_forumi

 

Urganch shahridagi 1-son maktab-internatida forumning amaliy qismi 14 ta sho‘ba kesimida o‘tkazilmoqda. Unda ilg‘or pedagoglar turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha trening va mahorat darslarida qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlarda:
• tanqidiy fikrlash asosida dars tashkil etish;
• mezonlarga asoslangan baholash tizimi;
• loyihaga asoslangan ta’lim metodlari;
• eMaktab platformasidan samarali foydalanish;
• maktabgacha ta’limda innovatsion o‘yin metodlari yoritildi.

Treninglar hududlarda kaskad usuli asosida davom ettiriladi. Natijada, forumda o‘rganilgan ilg‘or tajribalar barcha maktab va bog‘chalarga yetkaziladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb