Yangiliklar
Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
31-iyul 2025-yil
Bunday uchrashuvlar joylarda mavjud muammolarni aniqlash va tezkor hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
2025-yil 30-iyul kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Urganch tumanida o‘tkazildi.
Tadbir Urganch tumanidagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi va unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T. Nurmetov ishtirok qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaat, taklif va shikoyatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tinglandi, muammolar joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbirda tizim xodimlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday uchrashuvlar joylarda mavjud muammolarni aniqlash va tezkor hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.