Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Xorazmda

25-iyul 2025-yil
image

Tashrif doirasida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining zamonaviy o‘quv auditoriyalari, texnik vositalar bilan jihozlangan dars xonalari hamda tinglovchilar uchun yaratilgan qulay yotoqxona sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjapov Yangibozor tumaniga tashrif buyurib, hududda tashkil etilayotgan "Ilk rivojlanish markazi"da yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Shuningdek, u tumandagi 27-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib muassasa faoliyati, bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va tarbiya-ta’lim jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining zamonaviy o‘quv auditoriyalari, texnik vositalar bilan jihozlangan dars xonalari hamda tinglovchilar uchun yaratilgan qulay yotoqxona sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. U yerdagi pedagoglar uchun yaratilgan didaktik materiallar, multimedia uskunalari va samarali o‘quv muhiti alohida e’tirof etildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb