Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDAGI 61 TA MAKTABGA ZAMONAVIY KOMPYUTER JIHOZLARI TOPSHIRILDI

24-iyul 2025-yil
image

 

Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

 Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’nan eskirgan yoki hozirgi kungacha kompyuter sinflariga ega bo‘lmagan ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

 Xususan, Xorazm viloyatidagi 61 ta umumta’lim maktabiga jami 1037 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 61 dona konditsioner hamda 61 ta ko‘p funksiyali printer yetkazib berildi.

Texnik jihozlar maxsus transport vositalarida belgilangan maktablarga yetkazildi. Bu esa maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga keng imkoniyat yaratadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb