Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

33 nafar tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik bitimlari topshirildi

21-iyul 2025-yil
image

Loyihalar doirasida 2025–2026-yillar davomida 16 ta maktab, 15 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta maktabdan tashqari ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-apreldagi PQ–410-sonli qaroriga muvofiq, Xorazm viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 33 ta ta’lim loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalar maktab, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi hamda viloyatdagi umumta’lim maktablarining bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish asosida tashkil etiladi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 33 nafar tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik bitimlari topshirildi.

Loyihalar doirasida 2025–2026-yillar davomida 16 ta maktab, 15 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta maktabdan tashqari ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb