Yangiliklar
“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi
17-iyul 2025-yil
#Imtihon_2025
Bugun Xorazm viloyatining barcha tuman va, shaharlarida yangi tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.
Sinovlar doirasida talabgorlarning jismoniy holati, chidamliligi va tezkorligi maxsus belgilangan tartibda baholanmoqda.
Ushbu sinovlar “Jasorat maktablari”da o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilarning tanlov jarayonidagi muhim bosqich hisoblanadi.
Fotolavharda Qo‘shko‘pir tumanidagi jarayonlar aks etgan.