Yangiliklar
Bugun viloyatimizda ham ilk bor tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi start oldi
10-iyul 2025-yil
#Jasorat_maktabi
Xorazm viloyatida mazkur sinov jarayonlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limi binosida o‘tkazilmoqda.
Viloyat bo‘yicha jami 1546 nafar 5-sinf o‘quvchisi hujjat topo‘irgan bo‘lib, bugun ular "Jasorat maktablari"da tahsil olish uchun o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Barcha bolalarga teng sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, jarohat olgan va mustaqil harakatlana olmaydigan o‘quvchilarga ham imtihonlarda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Milliy gvardiya xodimlari shu singari bolalarni qo‘llarida ko‘tarib, sinov zaliga kiritishmoqda.
Imtihonlar jarayoni ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga asosan o‘tkazilmoqda.