Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Fidoyi ustozlarga munosib e’tirof

7-iyul 2025-yil
image

Barcha fidoyi ustozlarimizni tabriklaymiz va ularning mehnatlari yuksak baholanishda davom etishini tilaymiz!

 

Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosida fan olimpiadasining Respublika bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan o'quvchilarimizning ustozlari munosib rag‘bat va e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ustozlarni samimiy tabriklab, ularga belgilangan pul mukofotlarini tantanali tarzda topshirdi. Ularning mehnatini e’tirof etar ekan, yanada yuksak zafarlar tiladi.

Shuningdek, Xonqa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti Zilola Babajonova "O‘zbekistonda taʼlim" jurnali tahririyati tomonidan taʼsis etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Barcha fidoyi ustozlarimizni tabriklaymiz va ularning mehnatlari yuksak baholanishda davom etishini tilaymiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb