Yangiliklar
XONQA TUMANI 1-SON MAKTABIDA YOZ SAMARALI O‘TMOQDA
4-iyul 2025-yil
#Dolzarb_90_kun
“Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xonqa tumanidagi 1-son maktabda o‘quvchilar uchun qiziqarli, ijodiy va zamonaviy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
To‘garaklar yosh avlodning qobiliyati, qiziqishi va iqtidorini aniqlash hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, mental arifmetika, IT va robototexnika, rassomchilik, madaniyat va teatr san’ati, sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyati, ijodiy tafakkuri, jismoniy tayyorgarligi hamda ijtimoiy faolligi rivojlantirilmoqda.
Jami 1889 nafar o‘quvchi to‘garaklarga jalb etildi. Bu raqam – maktabning har bir bolaga bo‘lgan e’tibori va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar samarasidir.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram (https://t.me/Xorazm_MMTB) I Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCYf1F0sTA6HGNo1pRjKWt8A) I Facebook (https://www.facebook.com/Xorazm-viloyati-xalq-talimi-boshqarmasi-183150220461390) I Instagram (https://www.instagram.com/xorazm_vxtb/)