Yangiliklar
“Odam savdosi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
3-iyul 2025-yil
Tadbir ishtirokchilari bu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini yanada faol tashkil etish zarurligini alohida ta’kidladilar.
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Odam savdosi va korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, viloyat IIBJQB bo‘limi boshlig‘i Farrux Matyoqubov, viloyat IIB JQB tezkor xodimi Mavlonbek Xudaybergenov hamda boshqarma mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida odam savdosi va korrupsiyaning jamiyatdagi xavfli oqibatlari, ularning oldini olishda ta’lim muassasalarining o‘rni, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, o‘qituvchilar va tarbiyachilarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari bu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini yanada faol tashkil etish zarurligini alohida ta’kidladilar.