Yangiliklar
Xiva shahrida maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi
27-iyun 2025-yil
Ushbu mukofotlarni bitiruvchilarga tantanali ravishda Xiva shahar hokimi Temur Davletov shaxsan topshirdi.
O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, namunali xulq-atvori va faolligi bilan ajralib turgan 50 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medal hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Ushbu mukofotlarni bitiruvchilarga tantanali ravishda Xiva shahar hokimi Temur Davletov shaxsan topshirdi.
Shahar rahbari o‘z nutqida yoshlarga kelgusidagi ta’lim yo‘li va hayotda ulkan zafarlar tilab, ularning bilimga bo‘lgan intilishi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etdi.
Mazkur mukofotlar yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tibor, ularning mehnati, sabr-toqati hamda bilimga bo‘lgan izchil intilishining amaliy ifodasidir.